Liderlik mahorati xorijliklar nigohida
Universitetimizning Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.Raxmonov AQShning Boston shahrida joylashgan Garvard universitetida tahsil olish uchun yetib bordi. Kennedi fakultetida “21 -chi asrda liderlik xususiyatlari” nomli kursini muvafaqqiyatli yakunlab, Garvard universitetining yakunlaganlik haqida sertifikatga ega bo’ldi.
Ushbu kursning ijobiy tomoni dunyoning 42 davlatdan 77 nafar yuqori martabali mulozimlar ishtirok etdi va “TIQXMMI” MTU uchun kelgusida muvafaqqiyatli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi va uzoq muddatli hamkorlik bo’yicha muzokaralar olib borildi. Ushbu programma yordamida universitetimizni dunyo miqyosida yanada tanilishiga xissa qo’shildi.
Mavjud imkoniyatdan yanada keng foydalanish maqsadida Boston shahrida joylashgan Masachusets Texnologiya instituti (MIT) Shahar va hududiy rivojlantirish kafedra professorlari bilan muzokalar o’tkazildi.
Kelgusida universitetimiz professor-o’qituvchilarini MITga qisqa muddatli malaka oshirishga yuborish imkoniyatlari o’rganildi va ma’lum bir darajada kelishuvga erishildi. AQSh elchixonasiga ushbu imkoniyat yaratib bergani uchun minnatdorlik bildirildi.
Universitet matbuot xizmati