TIQXMMI yangiliklari

img
19.09.2022

Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyatining ko‘zgusidir

Joriy yilning 16- sentyabr kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirovа, "O'zbek tili va adabiyoti"  kafedrasi o'qituvchisi  M. Qo'shnazarova va fakultet  tyutori  G. Shodiyevalar  3- Talabalar turar  joyida fakultet  talaba qizlari bilan "Kitob - ma'rifat bulog'i " shiori ostida ma'naviy - ma'rifiy, badiiy tadbir o'tkazdilar. Tadbirda, R Kodirova o'z so'zini Kitobni inson hayotidagi o'rni haqida buyuk mutafakkirlarimizni hikmatli so'zlari bilan  boshlab jumladan shunday dedillar: Ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yozganidek, “Kitob beg‘araz ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishning bosh manbaidir”.

Xalqimiz tilida kitob o‘qib, to‘g‘ri ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganish muhimligi haqida ko‘plab hikmatlar bor. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aqlning chirog‘idir”, “Go‘zallik ilm va bilimda”. Bunday hikmatli hikoyalarni uzoq davom ettirish mumkin. Ming yillar davomida odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelmoqda, ularning bilimli, bilimli, kasb egasi bo‘lishi va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili kitob bilan do‘st bo‘lish, kitob o‘qishdan to‘xtamaslikdir. Ayniqsa, kitobning yoshlar hayotida alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini oshiradi, mehr-oqibat va ezgulikka chotlaydi deb takidladilar.

Shundan so'ng tadbir she'rxonlik, qizg'in savol javoblar bilan davom etib, eng avj pallasiga etganida tadbirimizga oliy mehmonlarimizni tashriflari yanada fayz bag'ishladi. Tadbir juda qizg'in, quvnoq , go'zal, samarali o'tdi . Talaba qizlarimizga zo'r motivatsiya berdi.

"Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi .Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati