21.09.2022
Indianadan kelgan eldoshimiz
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti prorektori R.Q.Choriyev va Xotin-qizlar kengashi raisi Z. Ismoilovalar Amerikadan kelgan Indiana universitetining tilshunos olimi Umida Hikmatulla bilan universitetlar o'rtasida hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish istiqbollari haqida kelishib olishdi. Olima universitetimiz talabalari va ularning ta'lim olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. O'zbek milliy qadriyatlari haqida, dars jarayonlari, ta'lim yangiliklari, yurtimizning tashabbuskor, fidoyi olima ayollari haqidagi suhbatlar mehmonda katta taassurot qoldirdi.
Universitet matbuot xizmati