TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2022

“Davlat kadastrlari” kafedrasida “5+1” dasturi bo’yicha dars bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 - dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorining 2-ilovasida oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifalari belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Yer resurslarini boshqarish fakulteti “Davlat kadastrlari” kafedrasi «Kadastr (Hududlar davlat kadastri)», «Yer kadastri va yerdan foydalanish» bakalavriat ta’lim yo‘nalshlari talabalariga “5+1” dasturi asosida mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg’ulotlarni ishlab chiqarish tashkilotlarida o’kazish grafigini tuzildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, grafik asosida 2022 yil  6 may kuni “Davlat kadastrlari kafedrasi” assistenti B.Uspankulov tomonidan “Yer kadastri” fani bo’yicha amaliy mashg’ulot darsi Soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Davlat kadastrlari palatasi”da tashkil etildi. Ushbu dars “Yer kadastri va yerdan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 3 bosqich 8 guruh talabalariga “Yer uchastkalarini xususiylashtirish muammolari (nazariya, uslubiyot va innovatsion yechim)” mavzusida Davlat kadastrlari palatasining yetakchi mutaxassislari va o’qituvchi tomonidan o’tkazildi.

Davlat kadastrlari kafedrasi   assistenti             B.Uspankulov axboroti