TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

ZULFIYA nomidagi davlat mukofotiga qanday erishiladi?

Bugun Universitetimizning Axborot resurslar markazida "Zulfiyaxonim" mukofotiga tayyorlash bo'yicha kutubxonaning video komferensiya zalida uchrashuv bo'lib o'tdi.

 Bunda asosan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini sirtqi dildan astoydil harakat qilib bu mukofotga erishish niyatida bo'lgan talaba qizlarimiz yig'ilishdi. Bu uchrashuvga xuddi shu mukofotning sovrindori bo'lgan qizlar taklif etilgan edi .

Ular bu darajaga qanday erishganligi, qancha mashaqqatli yo'llarni bosib o'tganliklarini hamda qaysi yo'nalish bo'yicha topshirganliklari haqida qisqacha ma’lumot berib o'tishdi. Shuningdek, ishtirokchilarning ham qalbida  bu mukofotga bo'lgan ózgacha bir ishtiyoq, tuyg'u mujassam bo’ldi desak xato bo’lmasa kerak.

 Ushbu mukofotga erishganlar orasida yillar davomida aniqrog’i, 12 yil harakat qilib kelganlar ham va ikki-uch yilda erishganlar ham borligi ma’lum bo’ldi. Bu uchrashuv barchada ózgacha bir intilish bo’lgani rost. Ayni damda ishonch va motivatsiya uyg’otgani sir emas. Tadbirda  professor Ra'no G'aziyeva, Hurriyat Eshova va boshqa ustozlar hamda tyutorlardan Dilbar Egamovalar o’z mulohazalari bilan motivatsion ruh olib kirishdi.

GM fakultetining 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati