Zomin bo’ylab sayohat
Jizzax viloyatining Zomin tumanining havosida dorivor giyohlar archalar hidi anqigan iforidan to’yib-to’yib nafas olishni har bir inson yoz fasli bo’lmasin, xohlang qish fasli bo’lmasin, juda xohlaydi. Bu havoni istab, yurtimizning turli burchaklaridan odamlar kelishadi. Ular ham nafas yo’li xastaliklaridan xalos bo’ladilar. Toza kislorod qon tomirlariga yoyilib, tanaga, ruhga yangi quvvat beradi. Ana shunday xislati bor Zomin tog’larining...
“TIQXMMI” MTU xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Z.Ismailova boshchiligida kengash a’zolari dam olish kunlarini maroqli o’tkazish maqsadida “Yaxshi dam ish unumini oshiradi” shiori ostida Zomin dam olish maskaniga yo’l oldilar. Yo’l safarida ajablanarli tabiiy go’zallik, yengil iqlim, mo’l - ko’l quyosh va issiqlik, toza havo, tog’larning yaqinligi – bu barcha omillar bizning yerlarga shifo va uyg’unlik izlab kelganlar uchun haqiqiy shifo bo’la olishini his qilgan holda manzilga yetib keldik. Zominning havosidan tashqari tabiatini go’zalligi bizni o’ziga rom qildi. Jamoamiz tomonidan safarimizni asta- sekin Sherbuloq chashmasi tomon otlandik. Tog’ bag’ridan otilib chiqayotgan sharsharaga ko’zingiz tushadi. Suvida kalsiy mavjudligi tufayli ta’mi shirinroq ekanligini his qildik.
Kiyin esa ming yillik archa borligini eshitib u yerdagi archani ko’rish maqsadida safarimizni davom ettirdik. Qaranki, xaqiqtdan ham archani ko’rib uning ming yeshga tulganiga guvoh bo’lasiz kishi.
Dam olish maskanidan teparoqda, ya’ni Suffa platosiga bordik. U yerdan tabiatni tomosha qilsangiz, haqiqatdan ham ajablanasiz. Qorli tog’lar, tepaliklar, tumanning quyiq tushib turishi tabiatni shunchalik go’zal tusga kiritganini guvohi bo’lasiz.
Jamoa a’zolari dam olish kunini shunchalik boy tassurotlarga ega bo’lgan holda o’tkazdiki, bu ularni yanada hayotga chiroyli ko’z bilan qarashga, tabiatdan zavqlanishga, yanada mehnat qilishga, har bir daqiqadan unumli foydalanishga bo’lgan shijoatlariga yana ham kuch - quvvat qo’shdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ha, haqiqatdan ham tabiat juda go’zal, qarang, tabiatdan bahra olish undanda go’zal. Jamoamiz bilan dam olishni juda chiroyli, tabiat qo’ynida o’tkazdik. Uning uchun biz ayollarga shunday sharoitlar yaratib bergan rahbariyatimizga minnatdorchilik bildiramiz.
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
Ismailova Zuxra Karabayevna axboroti
Universitet matbuot xizmati