Zilziladan saqlanish
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti bilan joriy yilning 30.01.2024 yil 1-bosqich talabalariga “Zilzila vaqtida to’g’ri harakat qilish – xavfsizlik garovi” doirasida targ‘ibot tadbir o’tgazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti katta o’qtuvchilar ishtirok etdi. Tadbir talabalar tomonidan ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi, talabalarga video rolik va eslatma hamda qo’llanmalar tarqatildi.
ESLATMA!!!!!
Vahima ichida ko‘chaga yoki boshqa xonalarga yugurmang. Agar turgan joyingizda qolib, panaroq joy topsangiz, sizga kamroq zarar yetadi. Bundan tashqari, silkinish shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinki, hatto uzoqqa yugurishga ham vaqtingiz bo‘lmaydi.
Agar ulgursangiz, silkinish kuchayganidan bir necha soniya ichida derazadan, oynadan, kitob javonlaridan va qulashi mumkin bo‘lgan boshqa mebeldan narsalardan uzoqlashing.
Eshik oldida turmang. Undan ko‘ra stol osti xavfsizroq. Zamonaviy uylarda eshiklar binoning boshqa qismlaridan ko‘ra mustahkamroq emas — ular sizni qulab tushadigan predmetlardan himoya qila olmaydi.
Universitet matbuot xizmati