TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2024

Zaxriddin muxammad boburning yodga olamiz

2024 yil 14 fevral kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q. Shavazov tomonidan  Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi haqida talabalar bilan suhbatlashdi.

Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Uning lirikasi adabiyotdagi o‘ziga xos lirika. Shubhasiz, she’riyatining asosiy mavzui Vatan, Vatan sog‘inchi bo‘lgan. Taxt uchun qondosh aka-ukalarning dushman bo‘lib kurashishi, atrofdagi insonlarning xiyonati, vatanini birlashtirolmaganidan so‘ng tortgan azoblari va nihoyat umrining so‘nggigacha Vatan sog‘inchi uning she’riyatiga ko‘chgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu mavzular Bobur g‘azallari, ruboiylarida keng yoritilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Talabalar tomonidan “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni, Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik.  “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi asarning nomlarini keltirib o’tdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Tyutori J.Sadullayev  Axboroti

Universitet matbuot xizmati