Zarkent Avliyo Ota ziyoratgohiga tashrif
"Gidromelioratsiya" fakulteti 209-guruh talabalarining “5+1” kunidan unumli foydalangan holda tyutor Tursunova Zilola tashabbusi bilan Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Zarkent Avliyo Ota ziyoratgohi” ga 1 kunlik ekskursiya tashkil etildi.
Talabalar dastlab ziyoratgohni ziyorat qilishib, o’tganlar xotirasini yod etib, ular haqiga duolar o’qishdi. So’ng tabiat in’om qilgan tabiiy go’zalliklardan bahra olgan holda qir-adirliklarga chiqishib, so’lim go’shaning bahavo havosidan nafas olishdi. Taassurotlar talabalar nigohida yaqqol ko’rinib turibdi.
Ishonamanki, bu sayohat talabalarni bir umrga yodida saqlanib, ularni do’stlik rishtasi bilan yanada mustahkamroq bog’lashga xizmat qiladi.
Universitet matbuot xizmati