TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2022

“Zangiota” ziyoratgohiga tashrif

Bugun (05.10.2022 yil) “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari boshchiligidagi bir guruh talabalar Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Viqor va savlat to’kib turgan maqbara obidalarini ziyorat qilibgina qolmasdan, balki o’tganlar xotirasi haqiga duolar qilishdi. Bugungi murodbaxsh kunda uyushtirilgan sayohat talabalar ruhiyatiga o’zgacha yengillikni baxsh etdi. Ma’lumot o’rnida: Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi me’moriy yodgorlik XV-XX asrlarda qad rostlagan. Zangiota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, Madrasa, masjid, xonaqohshiypon, minora va hovuzdan iborat.

Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida-alohida qilib qurilgan. Zangiota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonma-yon tushgan boʻlib, hovliga shimoliy-sharq va shimoliy, gʻarbdagi darvozalar orqali oʻtiladi. Minora ham shu hovlining oʻrtarogʻi Zangiota maqbarasiga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. 3. m.ga ikki tomoni terakzorli xiyobon orqali boriladi. Zangiota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan.

GM tyutorlari axboroti

Universitet matbuot xizmati