TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2023

Zamonaviy yoshlar fikri

2023 yil 4-may soat 16:30 da Universiteti Madaniyat saroyida Sirtqi bo‘lim 2-bosqich talabalari bilan universitet ma’muriyati tomonidan uchrashuv o‘tkazildi. Bunda universitetimiz rahbariyati tomonidan barcha talabalarga qo‘yilgan talablarga rioya qilishi va shu bilan bir qatorda o‘qish jarayonini tashkil qilinishi to‘g‘risida universitetimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Xudoyorov Baxtiyor Alimovich ma’lumot berdilar. Berilgan ma’lumotlar yuzasidan talabalar o‘rtasida paydo bo‘lgan savollarga o‘rinli javoblar berildi. Sirtqi bo‘limidagi talabalarning professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi fikrlarini ham shu o‘rinda o‘rganib, ularning shaxsiy fikrlari eshitildi. Universitetimiz “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘lim boshlig‘i Gapparov Akbar Umirovich shu jarayonni o‘zining to‘liq ma’lumoti bilan davra suhbatini boshqardi.

“Bugungi kun o‘qituvchisi talaba nigohida” shiori ostida Akbar Umarovich o‘z nutqini talabalar o‘rtasida bayon qildi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, rahbariyatimiz tomonidan talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ta’magirlikning oldini olish  chora-tadbirlar to‘g‘risida ham talabalar ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Suhbat davomida universitetimiz yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘aydarov Zuhriddin Rabievich tomonidan ham bir qator fikrlar o‘rinli tarzda bayon etildi. Talabalarni universitetimiz kiyinish madaniyatiga to‘g‘ri rioya qilishlari, qizlarni va yigitlarni talab qilinganidek o‘ziga xos liboslarda kelishlari qat’iy ta’kidlab o‘tildi. Bugungi uchrashuv va ochiq suhbat o‘ylaymizki, biz o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun ham foydali bo‘ldi. Buning uchun sirtqi bo‘lim tashkilotchilari va Universitetimiz ma’muriyati, rahbar-hodimlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Universitet matbuot xizmati