"Zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘quv va tadqiqot markazi" ochilish marosimi
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Xinjiang Tianye korxonasi bilan hamkorlikda "Zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘quv va tadqiqot markazi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Gidravlikka va gidroinformatika kafedrasida tashkil etilgan markazda turli xil zamonaviy suv tejamkor texnologiyalariga doir lobaratoriya jixozlari olib kelindi va foydalanishga topshirildi, shuningdek tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanish, loyihalash ketma-ketliklarini o‘rganish uchun bir qancha texnologiyalar ishga tushirildi.
Olib borilayotgan ishlar nafaqat o‘quv auditoriyasida balki universiteti qoshidagi “O‘quv amaliyot tajriba maydonida” Xitoyning Tianye korxonasi xomiyligida 5 gektar maydonga mo‘ljallangan o‘quv-dala, tajriba maydonlari ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Dala tadqiqotlari onlayn tarzda o‘quv auditoriyasida namoyish etiladi, bu esa o‘z navbatida talaba yoshlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri zamonaviy texnologiyalarni amaliyotda qo‘llashga doir bilimlar sohibi bo‘lishlariga zamin yaratadi. Professor – o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar va shu sohada ilm qilayotgan yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar yanada oshadi.