TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2021

Zakovatning final bosqichi

“Zakovat” o‘yinlariga muhtaram yurtboshimiz tomonidan alohida e’tirof va e’tibor berilganligining natijasida bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida, tashkilot va muassasalarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari doimiy tarzda tashkil etib kelinmoqda. O‘z o‘rnida yoshlarning bilimli va salohiyatli bo‘lishlarida ushbu intellektual o‘yinlarning ahamiyati naqadar yuqori ekanligini tashkil etilayotgan musobaqalarning natijalari ham isbotlab bermoqda. Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo‘lishga undaydigan bunday o‘yinlar bo‘lajak mutaxassis kadrlarni o‘z ustida ko‘proq ishlashiga asos bo‘lishi shubhasiz.

Institut Yoshlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar haftaligi” dasturini yakunlab bergan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi ham yuqori saviyada va qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Sensatsiya” va “Kotta bollar” jamoalari, “Gidromelioratsiya” fakultetining “Hydro intellekt” jamoasi hamda “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining “Rezonans” jamoasi, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining “New stars” va “Favourite” jamoalari o‘z salohiyatlarini yana bir bor namoyon etishdi.

Yakunda esa “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Sensatsiya” jamoasi 3-o‘rinni, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining “New stars” jamoasi 2-o‘rinni hamda faxrli 1-o‘rinni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Kotta bollar” jamoasi egalladi. Intellektual o‘yinda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

 

Institut Yoshlar Kengashi axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati