TIQXMMI yangiliklari

img
14.04.2022

Zakovatli yoshlar oʼyini

2022 - yil 13 - aprel kuni Yer resurslarini boshqarish fakulteti hamda Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti talabalari joylashgan 5 talabalar turar joyida yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish uchun "Zakovat intellektual o’yini" bo`lib o`tdi. Unda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi X.Tojiyev va "Zakovat" intellektual oʼyinining tashkilotchisi YeRB va GIM fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovnilari H.Eshova, O.Roʼziboev hamda tarbiyachi pedagog Sh.Islamovalar hamkorligi otkazilgan intellektual oʼyini barchada katta taassurot qoldirdi.

Ushbu musobaqada talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokidagi jamoalaridan, "Taraqqiyot", "Tavakkal", "Terma jamoa", “Аristokratlar” hamda "Intellegent" jamoalari ishtirok etishdi. Fikr-mulohazalarga boy boʼlgan bilim bellashuvida gʼolibni aniqlash biroz murakkab boʼldi. Chunki, oʼyin yakunida ikkita jamoa bir xil natija bilan tashabbusni oʼz qoʼllariga olishdi. Qoʼshimcha savollar berilganidan keyin "Taraqqiyot" jamoasi oʼz kuchini koʼrsatdi va gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Universitet matbuot xizmati