TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2022

"ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarining yangi mavsumiga start berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosi yuzasidan, talaba-yoshlarni iste’dod, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual salohiyatni ko‘tarish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TIQXMMIMilliy tadqiqot universitetidaZAKOVAT” intellektual o‘yinlarining yangi mavsumiga start berildi.

 

Endilikda "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlari universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar, magistrantlar, doktorant va yosh izlanuvchilar, yosh o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqalar bosqichma bosqich turnir tarzida o‘kazib boriladi.

Shuni inobatga olgan holda joriy yil 17-noyabr kuni o‘yinlar dastlab
4-bosqich talabalari o‘rtasida tashkil etildi. Unda jami 13 ta jamoa ishtirok etdi va o‘yin natijalariga ko‘ra 7ta jamoa faol ishtiroki bilan quyidagi natijalarni qayd etdi.

Jamoa nomi

ochko

reyting

RENESSANS (Gidromelioratsiya fakulteti)

5

2

SMAIL (Gidromelioratsiya fakulteti)

4

3

YOSH BUNYODKORLAR (Gidrotexnika qurilishi fakulteti)

5

2

SENSATSIYA (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti)

8

1

SIRIUS (Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti)

3

4

CREATIVE (Yer resurslarini boshqarish fakulteti)

4

3

ACCOUNTANTS (Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti)

3

4

 

 

Keyingi tashkil etiladigan o‘yinlar 3-bosqich talabalari o‘rtasida tashkil etiladi. “ZAKOVAT” turnirlari bo‘yicha barcha ma’lumotlar universitet rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi.