TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2023

"ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarining saralashi o‘z nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosi yuzasidan, talaba-yoshlarni iste’dod, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual salohiyatni ko‘tarish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “ZAKOVAT” intellektual o‘yinlarining yangi mavsumiga start berilgani haqida xabar bergan edik.

"ZAKOVAT" intellektual o‘yinlari universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar, magistrantlar, doktorant va yosh izlanuvchilar, yosh o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu musobaqalar bosqichma bosqich turnir tarzida o‘kazib kelinmoqda.

Shuni inobatga olgan holda, 2022-yil 17-noyabr kuni boshlangan, yuqori bosqich talabalari o‘rtasidagi "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarining saralash bosqichlari joriy yil 15-fevral kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Intellektual o‘yinlarining navbatdagisi 2-bosqich talabalari o‘rtasida tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan musobaqda fakultetlardan jami ro‘yxatdan o‘tgan 25 ta jamoalarning 22 tasi ishtirok etdi va o‘yin natijalariga ko‘ra eng yuqori ochko olgan 5 ta jamoa quyidagi natijalarni qayd etdi.

Jamoa nomi

ochko

GOLD STAR (Gidromelioratsiya)

7

AKTIV (Gidromelioratsiya)

7

ARISTOKRATLAR (Yer resurslari va kadastr)

7

DEVELOPERS   (Energetika)

7

METROLOGLAR (Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash)

7

 

Endilikda, shu vaqtga qadar o‘tkazilgan o‘yinlar natijasi bo‘yicha to‘rtinchi, uchunchi va ikkinchi bosqich talabalari o‘rtasida eng yuqori ochko olgan jamolar  final bosqichida bellashadi. “ZAKOVAT” turnirlari haqida barcha ma’lumotlar universitetning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi.

2-3-4-bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarni tashkil etishda yaqindan yordam bergani uchun Gidrtexnika qurishlishi, Iqtisodiyot va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetlari jamosiga minnatdorlik bildiramiz.

O‘tgan o‘yinlarning natijalari bilan universitetning rasmiy veb-saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

 

 Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti