"ZAKOVAT" intellektual o‘yinlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosi yuzasidan, talaba-yoshlarni iste’dod, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual salohiyatni ko‘tarish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “ZAKOVAT” intellektual o‘yinlarining yangi mavsumiga start berilgani haqida xabar bergan edik. "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlari universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar, magistrantlar, doktorant va yosh izlanuvchilar, yosh o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu musobaqalar bosqichma bosqich turnir tarzida o‘kazib kelinmoqda.
Shuni inobatga olgan holda joriy yil 2-fevral kuni o‘yinlarning navbatdagisi 3-bosqich talabalari o‘rtasida tashkil etildi. Umumiy fakultetlardan jami ro‘yxatdan o‘gan 17 ta jamoadan 13 tasi ishtirok etdi va o‘yin natijalariga ko‘ra 4 ta jamoa faol ishtiroki bilan quyidagi natijalarni qayd etdi. Keyingi tashkil etiladigan o‘yinlar 2-bosqich talabalari o‘rtasida tashkil etiladi. “ZAKOVAT” turnirlari bo‘yicha barcha ma’lumotlar universitet rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi.
Jamoa nomi | ochko |
AUDITORLAR (Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti) | 6 |
GM (Gidromelioratsiya fakulteti) | 4 |
YOSH DASTURCHILAR (Gidrotexnika qurilishi fakulteti) | 4 |
JAYHUN (Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti) | 4 |
Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti