“Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi
Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida joriy yilning 23-aprel kunida "Gidromelioratsiya" fakulteti talaba qizlari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Ushbu tadbir fakultet xotin - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknazarova, Universitet psixologi M.Muhammedova va fakultet tyutorlari G.Ahmedjanova, D. Ahrarovalar tomonidan tashkil etildi.
Z.F.Beknazarova tadbirni ochib berish bilan birga, o’yin shartlari bilan tanishtirib o’tdi.
O’yinda «Liders», «G’oliblar», «The learned» jamoalari ikki yo’nalishli mantiqiy savollar bo’yicha kuch sinashdi.
Shartlar bo’yicha «Liders» jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritib, jamoa qizlari esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Bunday o’yinlarni tashkil etishdan maqsad, yoshlarning intellektual fikrlash qobilayatini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati