"Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi
Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual oʼyinlarga keng jalb qilish maqsadida taʼlim muassasalarda juda koʼplab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu oʼyinlarni tashkil qilishni taʼlim muassasalari orqali qoʼllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 24 - fevral kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 5-talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini boʼlib oʼtdi. Uyinda fakultet talaba-yoshlaridan 4 ta komanda "Qalqon", "Zukkolar", "Taraqqiyot" va "Kreativ" jamoalari itirok etishdi. 2022 - yil 26 - fevral kuni esa "Zakovat" intellektual o‘yinida l va ll o‘rin egallagan talabalarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Ushbu "Zakovat" intellektual o‘yinida 1 - oʼrinni "Taraqqiyot", 2 - oʼrinni "Kreativ" jamoalari egalladilar. Barcha ishtirok etgan jamoaga, tadbirni tashkillashtirgan tashkilotchilarga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati