Zahiriddin Muhammad Boburshoh yodi hamisha qalbimizda
Joriy yilning 13 fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurulishi» fakulteti tyutori boshchiligida «Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag’shlab tadbir tashkil etildi. Tadbirda iqtidorli talabalar Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga doir qiziqarli ma'lumotlar haqida so'zlab o'tishdi. Bobur 1483 yili 14 fevralda Andijon shahrida, Farg'ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo va asli chingiziylardan bo'lgan malika Qutlug' Nigor Xonim oilasida dunyoga keladi. “Bobur” so'zi forsiy tilidan “babr”, ya'ni “bars”,“yo'lbars” degan ma'noni bildiradi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo Sohibqiron Amir Temur avlodidan. Amir Temurning uchinchi o'g'li Mironshoh Mirzoning evarasi bo'lgan. Boburning onasi Qutlug' Nigor Xonim mo'g'ul xonlaridan biri Yunusxonning qizi bo'lgan. Barcha shahzodalar singari Zahiriddin Muhammad Bobur ta'lim va tarbiyani otasining saroyida oladi. Biroq otadan juda erta yetim qoladi. 1494 yili Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.
12 yoshida Bobur otasining o'rniga taxtga o'tirishga majbur bo'ladi. U hukmdor bo'lgan dastlabki yillarda Temuriy shahzodalar o'rtasida toju taxt uchun ayovsiz kurash avj oladi. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti o'z yurtida kurashlar bilan o'tib ketadi. Hindistonni qo'lga olgach, o'sha yerda qo'nim topib Hind yurtining farovonchiligiga o'z hissasini qo'shadi. Bu esa Boburning ijodida ham o'z aksini topadi:
"Tole yo'qki jonimga balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi.
O'z yerim qo'yib, Hind sori yuzlandim,
Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi".
Yig'ilish ishtirokchilari bugungi tadbirda yana bir bor Bobur Shoh hayotiga nazar solishib, Buyuk ijodkorning bizga qoldirgan ma'naviy merosidan bahramand bo'lishib, uning yozgan g'azal va ruboiylaridan namunalar o'qishib, shoirni yod etishdi. Bobur yodi hamisha qalbimizda abadiy qoladi.
GTQ fakulteti tyutori D.S.Xursandova axboroti
Universitet matbuot xizmati