TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2022

Yuzga kirsang, yuz yil o'qi

Joriy yilning 16 - fevral kuni YeRB fakulteti 106-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori D. Xursandovalar “Hunarlining hunari – murodiga yetkazar” mavzusida tadbir o'tkazishdi. Tadbirda har bir inson kasb-koridan tashqari o'z qiziqishlariga qarab, xobbilarga ega bo'lishi lozimligi, hunar insonni yuzaga chiqarishi haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida talabalarning iqtidorlarini aniqlashga mo'ljallangan G.Yu. Ayzenkning  80ta savoldan iborat testi o'tkazildi va interpretatsiya qilindi. Natijaga ko'ra barcha talabalar o'z iqtidorlariga qarab to'garaklarga yo'naltirilishi haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi.

 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati