TIQXMMI yangiliklari

img
26.03.2022

Yurtim, har kuning bo'lsin navro'z!

Ozod va obod yurtimuzda bahor nafasi ufurib turibdi. Har bir faslninig o'z o'rni, gashti bor. Biroq "fasllar kelinchagi" - deya ta'riflanadigan bahor o'zgacha. Uning yangilanish fasli deb nom olishi qadimiy an'ana - Navro'z shodiyonasi bilan bog' lanadi.

Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Ra'no Kodirova boshchiligida universitetimiz talabalarini O'zbekiston Republikasidagi Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazida bo'lib o'tgan Navro'z bayram tantanalarida ishtirok etdilar.

Tadbirdan talabalarimiz xalqimizning va qardosh Ozarbayjon xalqlarining ming yillik tarixga ega urf- odatlari, Navro'z ayyomi umumxalq bayrami haqida ma'lumotlarga ega bo'lib, qardosh Ozarbayjon xalqlari va o'zbek kuy - qo'shiq va raqslaridan tuzilgan bayram dasturini katta qiziqish, xursandchiliklar bilan tomosha qilish bilan bir qatorda talabalarimiz yuraklariga do'stlik va Vatanga bo'lgan buyuk muhabbat chuqur singib, dunyoqarashlari kengayib, olam-olam go'zal taassurotlar bilan qaytishdi.

Universitet matbuot xizmati