Yuridik mutaxassislar tayyorlashga bag‘ishlangan amaliyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli qarori hamda 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) 60420100 - “Yurisprudensiya (Transchegaraviy suv munosabatlari)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining malakaviy amaliyotini tashkil etmoqda. Amaliyot, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda, 2024-yil 28-maydan 1-iyungacha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tizimi qo‘mitalar, jumladan Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, Аgrar va suv xoʼjaligi masalalari qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʼmitasi va Parlament tadqiqotlari institutida o‘tkaziladi. Bu amaliyot universitetning 2023/2024 o‘quv jarayoni grafigiga asosan amalga oshiriladi va uning maqsadi talabalarni nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish, shuningdek, ularni kelajakda yuridik sohada yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iborat.
Amaliyot davomida 22 nafar talabalar 4 kun davomida 15 dan ortiq Deputatlar bilan uchrashdilar va qonunlarni qabul qilish jarayonlari va bosqichlari, Xalqaro qonunlarni ratifikatsiya qilish va qo‘shilish jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar oldi.
Amaliyot jarajoylarida Hurmatli X.L.Gapparov, Oliy majlis qonunchilik palatasining spikeri o‘rinbosari, D.X. Fayziyeva, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi, D.N.Imomova, Agrar va suv xoʼjaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda V.X. Davyatov, Parlament tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari hamda tegishli qo‘mita deputatlari va ilmiy tadqiqot instituti izlanuvchi va professorlari tomonidan mahorat darslari o‘tildi. Amaliyot jarayonida talabalar tomonidan bir qancha takliflar berilgani va bu Oliy Majlis Deputat va mutahassisslar tomonidan iliq kutib olindi.
1-iyungacha davom etadigan amaliyotda Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining(SDG)ning 2 (Ochlikga barham berish), 6 (Toza suv va sanitariya), 13 (Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish), 15 (Quruqlik ekotizimlarini asrash), 16 (Tinchlik, adola va samarali boshqaruv) maqsadlarini jamlab olgani va bu maqsadlar orqali 4 (Sifatli ta’lim)ni oshirishga sabab bo‘lishini inobatga olgan holda,. TIQXMMI MTU Ekologiya va Suv resurslarini boshqarish kafedrasi dotsenti D. Fayziyeva va assistenti J. Mirzaqobulov boshchiligida amalga oshiriladi. TIQXMMI MTU rektori B. Mirzayevning buyrug‘iga ko‘ra, amaliyotning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi.
Axborot J. Mirzaqobulov, Ekologiya va SRB kafedrasi o‘ituvchisi tomonidan tayyorlandi