Yuqori nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosati, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilinishi, ularning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish borasidagi samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar ishlab chiqish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari dolzarb masala ekani oy-u kundek ravshan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti, Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent shahar xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, tadqiqot.uz xalqaro ilmiy jurnallar portali hamkorligida 2022 yilning 4 mart kuni “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilishning maʼnaviy-huquqiy asoslari” mavzusida oʼtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada xuddi shu masalalarga eʼtibor qilindi. TIQXMII MTU prorektori R.Choriyev konferentsiyani kirish soʼzi bilan ochib anjumanning xalqaro ahamiyati haqida fikr bildirdi. Konferentsiyaga Xotin-qizlar bo‘yicha maslahat kengashi raisi, p.f.d., prof . Zuhra Ismoilova moderatorlik qildi.
Konferentsiya nufuzining yuksakligini belgilaydigan muhim omil Tenzila Rustamxanli (Ozarbayjon-Turkiya xotin-qizlar birligi jamiyati Prezidenti, falsafa doktori, dotsent), Zulfiya Tursunova (Professor, Guilford College Greensboro, NC USA), Guli Xanum Sheyx (“Womens leadership” loyihasi asoschisi, Oksford universiteti (Oxford University), Buyuk Britaniya), Umida Hikmatilla (Indiana University MA, MS, EdD Candidate, Indiana University, AQSH), Tamara Oʼlchekchi (Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Yevropa Ittifoqi va xalqaro aloqalar bosh boshqarmasi bo‘limi xodimi, falsafa doktori, dotsent.), Nigyar Аxundova (Ozarbayjon Milliy Fanlar akadyemiyasi Tarix institute yetakchi ilmiy hodimi, tarix fanlari nomzodi, docent), Margaret Ifeoma Abazie-Xamfri (Reintegratsiya bo'yicha bosh mutaxassis, Prezidentning Niger Deltasi bo'yicha maxsus maslahatchisi (OSAPND), Dilsora Fozilova (British Columbia universiteti doktoranti, Kanada), Yelena Raximova (Gutenberg Mayntz universiteti assistenti, Germaniya), singari xalqaro ahamiyatga ega boʼlgan olimalarning ZOOM platformasi orqali ishtiroki desak xato boʼlmaydi. Soʼngra konferentsiya ikkita shoʼʼbaga boʼlingan holda oʼz ishini davom ettirdi. Nufuzli mutaxassislarning jonli va faktlarga boy holdagi maʼruzalari koʼpchilikda iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, unda tazyiq va zoʼravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy hamkorligini rivojlantirishning ilmiy asoslarini tahlil qilish maqsadlariga eʼtibor qilindi.
Konferentsiyaning asosiy mavzulari:
xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosati;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilinishi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʼyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari;
tazyiq va zoʼravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy hamkorligi;
Oʼzbekiston qonunchiligida gender tengligi va xotin-qizlar huquqlari kafolatlari;
Oʼzbekiston qonunchiligida gender tengligi va xotin-qizlar huquqlari kafolatlari borasida va boshqa tegishli mavzularda ham tarix, huquq, ijtimoiy-siyosiy fanlar boʼyicha ham koʼplab ilmiy maqolalar kelib tushgani alohida eʼtirof etildi. Bugungi halqaro anjuman oʼz oldiga respublika va xorijdagi olima ayollarning taʼlim va ilm-fan sohalaridagi tajriba va yutuqlari bilan tanishish, ilmiy anʼanalari borasida fikr almashish, ayollar va yosh qizlarning salohiyatini ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb qilish va motivatsiyalashni maqsad qilib belgilaganligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ayollarimizning salmoqli qismi nodavlat notijorat tashkilotlarining taʼlim, ayollar huquqlari, reproduktiv salomatlik, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni himoyalash kabi sohalarda samarali faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar. Muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʼz qobiliyat va imkoniyatlarini roʼyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʼzsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish boʼyicha oxirgi besh yillikda 30 ga yaqin meʼyoriy xujjatlar qabul qilingan boʼlib, shulardan 2 tasi Gender tenglik va ayollarni zoʼravonlik va tazyiqlardan himoya qilishdan iborat. Аnjumanning tashabbuskor va tashkilotchilari sifatida universitьetimiz "Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi", "Professional taʼlim va jismoniy madaniyat" va "Gumanitar fanlar "kafedrasi ekanini taʼkidlash oʼrinlidir.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati