Yunesko bilan hamkorlikda seminar
2021 yil 18 noyabr kuni YUNESKO, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va “GIDROINGEO instituti” Davlat muassasasi hamkorligida yer osti suvlarini boshqarish sohasida salohiyatni oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda YUNESKO ning O’zbekistondagi vakili Aleksandros Makarigakis, Suv resurslari bo’yicha hududiy koordinatori, Shvetsariyaning taraqqiyot va rivojlanish agentligidan Liza Gempp, YUNESKOning Olma-ota Klasterining Tabiiy fanlar bo’limi rahbari Kristina Tovmasyan hamda O’zbekistondagi soha mutaxxassislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun “Transchegaraviy suvli qatlamlarning yer osti suv resurslarini boshqarish” mavzusida GGRETA loyihasini amalga oshirish bosqichlari va ish natijalari taqdimot qilindi. Tadbir doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼul mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.