TIQXMMI yangiliklari

img
02.07.2022

Yozgi maktabning beshinchi kuni

 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Startap: nazariya, amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va biznes integratsiyasi” mavzusidagi yozgi maktab o‘z ishini davom ettirmoqda.

Yozgi maktabning beshinchi kunida xalqaro toifadagi trener Aziz Rahimov tomonidan startap loyihalarning unit iqtisodi va metrikalari bo‘yicha amaliy darslar olib borildi.

Qizg‘in darslar yakuniga yetgach yozgi maktab ishtirokchilarini Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va vazirlik qoshidagi “INNO Texnopark”ga tashrif buyurib u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi direktori Olimjon To‘ychiyev bilan amaliy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Olimjon To‘ychiyev yozgi maktab haqida o‘zining fikr - mulohazalarini bildirib, maktab ishtirokchilarining o‘qish va ish faoliyatlariga omad va zafarlar tiladi.

Ma’lumot uchun yozgi maktab joriy yil 6-iyul sanasiga qadar davom etadi. Darslar “Startap tashabbuslari dasturi koordinatori Usmon Raximjonov, Click.uz maslahatchisi, mustaqil ekspert Aziz Rahimovlar tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, yozgi maktab doirasida bir qancha davlat va nodavlat tashkilotlariga tashriflarni tashkil etish rejalashtirilgan.

 

 

Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish bo‘limi axboroti

Universitet matbuot xizmati