TIQXMMI yangiliklari

img
13.06.2024

Yotoqxonalar masalasidagi yig’in

Joriy yilning 12 iyun sanasida 3-talabalar turar joyida universitet yoshlar masalalari va ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori R. Choriyev boshchiligida talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda talabalar shaharchasi direktori M. Xo‘jamurodov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, yotoqxonalar komendantlari va tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar yotoqxonalarni bugungi kundagi holati haqida, yozgi ta’til vaqtida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish rejalari haqida, yangi o‘quv yiliga talabalarni qabul qilishga tayyorgarliklari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

                                       “Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

                                      Universitet matbuot xizmati