“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida suxbat
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy muammolarni oldini olish, oilaviy munosabatlar borasidagi ishlarni kuchaytirish maqsadida Gidromelioratsiya fakulteti talaba qizlari oʼrtasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Suhbatda fakultet xotin qizlari bilan ishlash boʼyicha maslaxat Kengash mas'uli Z. Beknazarova, fakultet tyuterlari va institut psixologi M. Muxamedovalar ishtirok etishdi.
Suxbatda talaba qizlar oilaviy munosabatlar uni yoʼlga qoʼyish, qaynona–kelin oʼrtasidagi muammoli vaziyat bo`yicha oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi va kerakli maslaxatlar olishdi.
Talaba qizlar oʼrtasida bunday suxbatlarni tashkil etishdan maqsad, yoshlarimizni kelajakka, mustaqil hayotga va oilada, jamiyatda oʼz oʼrnini topa olishga tayyorlashdir.
Universitet matbuot xizmati