23.07.2024
Yoshlarini kasbga yo‘naltirish ishlari davom etmoqda
Xabaringiz bor joriy yilning 14 iyulidan boshlab respublikamiz bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boshlandi. Bu jarayondan samarali foydalangan holda universitet “tomonidan abuturentlarni universitetga jalb etish, ularni muhandislik sohalariga qiziqtirish maqsadida Samarqand viloyatidagi Badminton markazida bo‘lib o‘tayotgan test sinovlarida ishtirok etayotgan abiturientlar va ularning ota-onalari uchun “Marketing va talabalar amalyoti boʻlimi” rahbari X.Xayitov tomonidan kasbga yo‘naltirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. O‘z navbatida imtihon topshirish uchun kelgan yoshlar universitetda mavjud yo‘nalishlar bilan tanishib muhandislik kasbiga qiziqish bildirishmoqda.