Yoshlarga tajriba ulashamiz
Kuni kecha “Gidromelioratsiya” fakultetiga tegishli 4-talabalar turar joyining 2,3-qavat xonalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda tozalik kunlarini olib borish uchun biriktirilgan “Professional ta’lim” kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda kafedra mudiri D.I.Muqumova boshchiligida katta o'qituvchi A.A.Jumanov va assistent G.A.Jo'rayevalar ishtirokida talabalar turar joyida tartib-intizomni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni uzluksiz olib borilishini ta’minlash, talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida talaba qizlar uchun "Muvaffaqiyatga erishish yo'llari" psixologik trening TTJ ning hovlisida, tabiat qo'ynida o‘tkazildi.
"Professional ta'lim" kafedrasi mudiri dotsent D.I.Muqimova davra suhbatini ko'tarinki kayfiyatda boshlab berdi, hamda universitetdagi ijtimoiy muhit, o‘qish va talabalar turar joylarida istiqomat qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari jonli muloqot tarzida tashkil etildi. Kafedra katta o'qituvchisi A.A.Jumanov tomonidan talaba qizlar uchun qiziqarli bahor havosiga mos "Xotira mashqi" metodi qo'llanib, talaba qizlarning ko'tarinki kayfiyatiga yanada kayfiyat qo'shdi.
Kafedra assistenti G.A.Jo'rayeva tomonidan esa davra suhbati davomida "Muvaffaqiyatga erishish sirlari" bo‘yicha tezkor savollar orqali psixolog treningi o'tkazildi. Bu orqali qizlarning muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi harakatlari past, o'rta va yuqori baholash mezonlari orqali baholanib, ularga kelgusidagi ishlariga ilmiy-tarbiyaviy maslahatlar berildi.
Universitet matbuot xizmati