TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2022

Yoshlarga qanot baxsh etgan 5 tashabbus

Besh tashabbusga koʼra yoshlarni munosib ravishda kamolga yetkazish uchun ularni madaniyat va sanʼatga, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish, kitobxonlikni keng targʼib qilish, har bir hududga badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish, qizlarni tikuv-trikotaj va boshqa xayrli ishlar bilan band etish boʼyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-qizlari joylashgan 4 - talabalar turar joyda ham kuni kecha talaba-qizlarimiz uchun to`quvchilik sirlari hamda qizlarimiz ertaga turmushga chiqishlariga har tomonlama tayyor bo`lishlari uchun  pazandachik sirlarini  ham oʼrgatish maqsadida mahorat darsi boʼlib oʼtdi. Siz qizaloqlarni goʼdakligidayoq qoʼgʼirchoqlariga chiroyli koʼylakchalar tikib kiygʼizishga qiziqishlarini kuzatganmisiz? Demak, ularda bu kasb-hunarga boʼlgan ishtiyoq “qon bilan kirgan” boʼladi. Tashabbusning beshinchisi aynan shu masalaga qaratilgan.

Voyaga yetayotgan qizlarning tikuv-trikotaj ishlari va pazandachillikka bilan band etish, buning uchun zarur imkoniyatlar yaratish lozim. Bugun talabalar turar joyida tashkil etilgan toʼqish, bichish, tikish, naqsh va munchoqli bezaklar yasash kabi sirlarini oʼrgatish maqsadida oʼtkazilgan mahorat darsi barcha qizlarimizga manzur boʼldi. Biz esa ushbu tadbir tashkil qilgan tashkilotchilar Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet tyutorlari D.Xursandova, M.Vafoeva, S.Ibragimovlarga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati