Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish
2024-yil 29-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xuzuridagi Malaka oshirish instituti xodimlari podpolkovnik J.Kenjayev, mayor G.Roʻziyeva, Mirzo Ulugʻbek tumani 2-sonli Ichki ishlar boʻlimi Yoshlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori mayor Sh.Qoʻchqorov, 1-sonli IIB kapitan Y.Adilxanova, 4-sonli IIB leytenant Z.Badalova, universitet Profilaktika inspektori mayor A.Ubaydullayev, “Ekologiya va huhuq” fakulteti dekan oʻrinbosari F.Bekjanov va tyutorlar hamda fakultet talabalari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida Profilaktik suhbat tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xuzuridagi Malaka oshirish instituti xodimlari podpolkovnik J.Kenjayev, mayor G.Roʻziyevalarni tanishitirib so‘zni podpolkovnik J.Kenjayev va G.Roʻziyevalarga berdi
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi belgilanganligi, yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsion holatlarning har qanday shakliga jazoning muqarrarligi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli bandlari bo‘yicha sharhlar va korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi xususida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida, Mirzo Ulugʻbek tumani 2-sonli Ichki ishlar boʻlimi Yoshlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori mayor Sh.Qoʻchqorov, 1-sonli IIB kapitan Y.Adilxanova, 4-sonli IIB leytenant Z.Badalova, universitet Profilaktika inspektori mayor A.Ubaydullayevlar Milliy qonunchiligimizda korrupsiyaning turli yo‘nalishlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan normalar mustahkamlanganligi, jumladan, pora olish yoki berish, unga vositachilik qilish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi, ta’lim tizimidagi xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquqiy madaniyatni yuksaltirish zarurligi, huquqiy taʼlim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi, jinoyat hech qachon jazosiz qolmasligi, jinoyatga javobgarlik muqarrarligi va bu qonun bilan belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisida professor-oʻqituvchilar va talabalarga profilaktik ma’lumotlar berildi.
Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga malakali mutaxassislar yetarlicha javoblar berishdi va davra suhbatida faol ishtirok etgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xuzuridagi Malaka oshirish instituti xodimlari tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Universitet rahbariyati tadbir so‘ngida, tadbirga tashrif buyurgan mas’ullarga mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi
Karimjonov Izzatullo axboroti