TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2021

“Yоshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 11-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  talaba-yoshlari va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman IIBB xodimlari  ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mutasaddi tashkilot xodimi so‘zga chiqib, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning aksariyati, kelajagimiz egalari bo‘lgan talaba-yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’nan etuk bo‘lib kamol topishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilayotganini ta’kidlab, bunga javoban esa ularning berilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanishi va to‘kis bilim olishlari uchun turli xil salbiy illatlarga qarshi immunitetini mustahkamlab, o‘z maqsadlari yo‘lida bardavom ketishlari zarurligini qayd etdi.

 Shnuningdek, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy hatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                             YOBIB dekan muovini  K.Usmonov

                                TIQXMMI matbuot xizmati