14.05.2022
Yoshlar maskaniga aylangan sayilgoh
Bugun 13-may kuni GM-101 guruh talabalari bilan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog’iga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Yoshlarda bunday bog’larga, muzeylarga, teatrlarga borishga bo’lgan xohish kundan- kunga oshib bormoqda. Bu eko bog’ ham shular jumlasidandir. Bu yerdagi har xil ko’ngilochar maydonlar bog’ga tashrif qilganlar uchun doim ochiq. Bu sayohatdan talabalar xursand bo’lib, madaniy hordiq va ma’naviy ozuqa olib qaytishdi .
GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Univeritet matbuot xizmati