TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2022

Yoshlar kelejagi sizning qoʻlingizda!

GM fakulteti dekani, dekan oʻrinbosari, Yoshlar ittifaqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi 203, 204 guruh tyutorlari va ushbu guruh talabalari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishda 26 aprel kuni 509-auditoriyada 204-guruh talabasi Abrayev Ulugbekning nojoya hatti harakatlari muxokama qilindi. Talaba universitet ichki tartib qoidalarini buzgan holda, oʻqituvchining dars o’tishiga halaqit holda auditoriyada janjal ko’targan. Fakultet dekani A.Fatxulloev soʻzga chiqib, Yoshlar kelejagi sizning qoʻlingizda! O’qishdan maqsad! Oʻzbekiston respublikasi yoshlarga oid Davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonun qoidalarni eslatib oʻtdi. Dekan muovini F.Babajanov, fan oʻqituvchisi J.Xaitboeva, 204-guruh tyutori D.Axrorova va guruh sardori A. Karimovlar oʻz fikrlarini bayon qilishdi. Yoshlar ittifaqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi D.Rasulov oʻz xulosasini aytib oʻtdi. Ushbu yigilish qarori bilan Abrayev Ulugʻbekga intizomiy chora korildi va ota-onasiga odob-ahloqi togʻrisida xat yuborildi.

Universitet matbuot xizmati