Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” deb ta’kidlagan edilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida.
Joriy yilning 13 - fevral sanasida “Gidromelioratsiya” fakulteti jamoasi va Lashkarbegi mahallasi faollari bilan hamkorlikda 2024 - yil yurtimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va yoshlarni sog’lom turmush tarziga alohida e’tibor qaratish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida dekan o’rinbosari S.Melikuziyev, "Lashkarbegi" mahallasi Xotin-qizlar faoli D.Dadajonova, mahalla Yoshlar yetakchisi CH. Boltayeva va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 3 bosqich kursanti E.Axmadovlar hamda fakultet 1 va 3 bosqich talabalari ishtirok etishdi.
"Lashkarbegi" mahallasi Yoshlar yetakchisi CH. Boltayeva 2024 yil Yangi O‘zbekiston — yoshlarga yangi imkoniyatlar mavzusida ma’lumotlar taqdim etdi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 3 - bosqich kursanti E.Axmadov tomonidan esa “Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzularida taqdimot shakliga axborot berib o’tildi.
Davra suhbati so‘ngida mahalla faollari va fakultet jamoasi kelgusidagi ishlar rejalari hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalasida kelishib oldilar.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari A.Shonazarov va D.Axrarova axboroti
Universitet matbuot xizmati