Yoshlar ittifoqi hisobot saylovi - 2023
Jamiyatning kelajagi yoshlar bilan bog‘liqligi ularga e'tiborni yanada kuchaytirish zarurligini anglatadi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati ham shunga qaratilgani bejiz emas.
YOSHLAR ITTIFOQI HISOBOT SAYLOVI - 2023 tadbirining universitetimizda tashkil etilgani ham e'tiborga molik bo’ldi.
Tadbirni universitet rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich o‘zining kirish so‘zi bilan ochdi. Shuningdek, yoshlarning sa'yi harakati, bilimi va tashabbuskorligi bizga qanot va quvonch baxsh etadi, - deya na’kidladi rektor.
Shundan so‘ng Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar bo‘limi rahbari Sobitov Otabek Yuldashevichga so‘z berildi. U mamlakatimizda aholining 19 milliondan ziyod qismini yoshlar tashkil etishini bu esa hammamizda majburiyat hamda mas'uliyat hissini oshirishi kerakligini e'tirof etdi. So‘ngra universitetda talabalar orasidan universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich yetakchisi saylandi.
Bu vazifaga "Gidromelioratsiya" fakultetining talabasi Yorbekova Mohinur Mirzabek qizi nomi ko’rsatildi. U minbarga chiqib yoshlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan 13 ta masala xususida so’zladi. Keyin esa rektor boshchiligida prorektor R.Choriyev va O.Sobitovlar M. Yorbekova hamda fakultetlarning yetakchilariga ishonch yorlig‘lari topshirildi.
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI