Yoshlar hayotida diniy va dunyoviy ilmning ahamiyati
Joriy yilning 17 - noyabr kuni soat 14:00 institutning B binosi 4 - qavat majlislar zalida O`zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahridagi "Hazrati Umar jome masjidi" - bosh imom hatibi X.A.Shermatov hamda TIQXMMI "Gidromelioratsiya" fakulteti rahbariyati bilan hamkorlikda "O`zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik yurti", "Ilm bu gavhar - yoshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir" va boshqa mavzuda fakultet talabalari o`rtasida diniy va dunyoviy davra suhbati bo`lib o`tdi . Tadbirni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z.Abdurashidov, Imom xatibni tanishtirib bugungi kun mavzusi haqida so`z ochib, talabalarni “Xalqaro talabalar” kuni bilan tabriklab ustozdan ilm o`rni, hayotdagi ro`li va ahamiyati haqida dastlab gapirishlarini iltimos qildi.
Shundan so`ng, "Hazrati Umar jome masjidi" - bosh imom xatibi X.A.Shermatov - ilmning afzallikalari, tinch hatotimizda bilim olishning rolini qadriga yetish unda ilm o`rganish, ustozni qadrlash, halol va harom, insoniylik, qadriyatlarga sodiqlik va boshqa mavzularda davra suhbatlarini olib bordi va talabalarni qiziqtirgan savolalriga atroflicha isbot dalillar bilan tushuntirib berganliklari talabalar o`rtasida yuksak hurmat va ehtiromlarga ega bo`ldilar. Talabalar ustoz Imom xatib X.Shermatovga yaratgandan so`gliq, omonlik tilab qoldilar. Shu o`rinda fakultet tyutorlari I.Rahimov hamda D.Egamovalarga fakultet talabalari ham o`zlarining tashakkurlarini izhor etishdi.
"Gidromelioratsiya" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari Z.Abdurashidov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati