TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2021

Yoshlar giyohvandlikka qarshi

“Yer resurslarini boshqarish” fakultetida “Talaba - yoshlar o'rtasida narkotik va  giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Ushbu tadbirni yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, fakultet tyutorlari, "Yerdan foydalanish" kafedrasi katta o'qituvchisi Z.Xafizova tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda 21 asrning ulkan muammosi bo’lgan giyohvandlik illati va uning oqibatlari xususida so’z yuritildi. Mamlakatimizda  “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurash”  bo'yicha o’tkazilgan ushbu tadbirda M.Ulug'bek tumani Yoshlar masalalari bo'yicha katta inspektori podpolkovnik B.Xasanov, IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori kapitan T.Molashhiya, IIB yoshlar masalalari bo'yicha katta inspektori katta leytenat A.Axmedovalar ham ishtirok etdi.

Hozirgi kunda dunyoda avj olayotgan asr vabosi illatlaridan biri narkotik moddalarga qarshi kurashish, talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun ayniqsa, talaba-yoshlar o’rtasida giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini to’g’ri tushuntirish ularning ota-onalari, MFYlar bilan doimiy aloqada bo’lish kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, nafsini jilovlay olmagan kimsalar e’tiqodi zaif, irodasi bo’sh, giyohvandlikka mayli bor yoshlarni turli qing’ir yo’llar bilan tuzog’iga ilintirib foydalanishi, shu bois, bunday illatga qarshi kurashish uchun hozirda aholi orasida, oila, maktab, mahalla, mutassaddi tashkilotlar hamda keng jamoatchilik hamkorligida muntazam tushuntirish ishlari olib borilishi bugungi kunda asosiy masalalarimiz ekanligini aytdi. Yoshlarimizni ruhan va jismonan sog’lom bo’lib yetishishlari, zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan bo’lishiga qaramay, ayrim yigit-qizlar giyohvandlik yo’liga kirib ketmoqdalar. Shunday ekan giyohvandlikka qarshi kurash davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi bo’lmasdan, balki unga barchamiz birday mas’ul bo’lishimiz kerakligi to’g’risida fikrlarini bildirdi.

“Yer resurslarini boshqarish” fakultetini yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati