TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2022

Yosh olimlar aql gimnastikasi

     Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2022-yil 05 - avgust, PQ-347-son “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish” chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari asosida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mahalla yoshlari” o‘rtasida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasining sektor bosqichida 1- o‘rin egallaganligi uchun Norimov Temurbek Muxtor o‘g‘liga Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 4-sektor rahbari tomonidan 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

     Talaba Norimov Temurbek Muxtor o‘g‘li “TIQXMII” MTU talaba- yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida shaxmat bo‘yicha talabalarga ustozlik qilib shaxmat va shashka musobaqalarida yetakchilik qilmoqda. “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri t.f.d.prof. A.Sherov tomonidan 4 - bosqich “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish fakulteti” 408-guruh talabasiga kelgusi Respublika bosqichida munosib o‘rinlarni egallashiga muvaffaqiyat tiladi.

Universitet matbuot xizmati