TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2022

Yosh energetik kadrlar-davr talabi!

Ma’lumki, neft, gaz kabi an’anaviy energiya manbalarining zahirasi cheklangan. Shu bois rivojlangan davlatlar “yashil” energetikaga o’tmoqda. Bunday sa’y-harakatlar nafaqat bugun, balki kelajak uchun juda muhim hisoblanadi. Respublikamizda ham bu borada katta ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, 2019 yil 21 mayda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida” qonun qabul qilinib, soha rivojiga asos yaratildi. Xorijiy investorlar jalb etilib, ko’plab istiqbolli loyihalar ishlab chiqildi. O’tgan yili avgust oyida Navoiy viloyatida yurtimizdagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Yaqin kunlarda esa Samarqandda yana bir shunday stansiyada qurilish ishlari yakunlanmoqda. Umuman, 2022-2024 yillarda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar hisobiga, umumiy quvvati qariyb 3 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning turli viloyatlarida 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming megavattga yetkazish choralari ko’rilmoqda. Bo’lajak elektr stansiyalarini sifatli ishlatish uchun zamonaviy bilimlarga ega salohiyatli, malakali muhandis va xodimlar o’ta zarur hisoblanadi. Bu borada TIQXMMI  Milliy tadqiqot universiteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi ham imkon qadar munosib ravishda o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. 

Jumaladan, o’tgan haftada “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanidan talabalar o’rtasida 2 bosqichdan (test va og’zaki savol-javob shaklida) iborat olimpiada o’tkazildi va 2 ta imtihon ballarini o’zaro qo’shish hisobiga olimpiada g’oliblari aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko’ra, ikki talabaning to’plagan ballari bir xil bo’lganligi sababli, to’tr nafar g’olib o’quvchi aniqlandi. G’oliblar institut rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.  

Universitet matbuot xizmati