TIQXMMI yangiliklari

img
14.12.2023

“Yong‘in xavfsizligi oyligi”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 23 sentabrdagi 522-sonli farmoyishiga asosan, har yili 15-noyabrdan 15-dekabrgacha mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” ni o‘tkazish an’anaga aylangan.       

Tadbirda  Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutaxassisi M.Nosirov  tomonidan 1 va 3 bosqich talabalariga favqulodda vaziyatlar sharoitida foydalaniladigan, vositalari va asbob-uskunalari bilan ishtirok etib, ulardan foydalnish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan, talaba yoshlar  o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida, 2023-yil 12-dekabr kuni “Yong‘in xavfsizligi” bo‘yicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori  A.Shonazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati