“Yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi
Universitetda tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularni raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida har yili “Yil talabasi” Respublika tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yilgi tanlovlar o‘tgan yillarnikiga qaraganda bir muncha murosasiz va teng kuchlar ostida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 60 dan ortiq iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Tanlovda qatnashish uchun hujjat topshirgan talabalarning hujjatlari tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarga taqdim etildi. Komissiyalar tomonidan hujjatlarni o‘rganib chiqish asnosida talabalar bilan bevosita suhbatlar olib borildi. Shuningdek, suhbatga jalb etilgan talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar ham eshitildi.
Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalar tomonidan taqdim etilgan xulosa va ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi;
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin - Gidromelioratsiya fakulteti, 4-bosqich 1-guruh talabasi Tojimurodov Faxriddin Jahongir o‘g‘li
2-o‘rin - Yer resurslari va kadastr fakulteti, 4-bosqich 7-guruh talabasi Baxriddinova Nodiraxon Xasanbek qizi
3-o‘rin – Ekologiya va huquq fakulteti, 4-bosqich 2-guruh talabasi Abdukadirova Kamila Baxadirovna
“Yilning eng faol-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin - Energetika fakulteti, 4-bosqich, 3-guruh talabasi Ubaydullayev Abbosbek Fayzulla o‘g‘li
2-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich 11-guruh talabasi Safarova Farzona Davronzoda
3-o‘rin – Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 4-bosqich, 7-guruh talabasi Azimov Azizbek Usmon o‘g‘li
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Energetika fakulteti, 4-bosqich, 12-guruh talabasi Yeskuatova Aygera Axmet qizi
2-o‘rin – Gidromelioratsiya fakulteti, 4-bosqich 15-guruh talabasi Bektoshev Behruz Nuriddin o‘g‘li
3-o‘rin – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3-bosqich, 9-guruh talabasi Mirvaliyeva Gavxar Olimjon qizi
“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Yer resurslari va kadastr fakulteti, 3-bosqich 5-guruh talabasi Mengliyev Jahongir Nomozovich
2-o‘rin – Yer resurslari va kadastr fakulteti, 4-bosqich, 3-guruh talabasi Qurolov Farruxbek Alijon o‘g‘li
3-o‘rin – Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich, 8-guruh talabasi Muminova Muxlisa Latif qizi
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3-bosqich, 8-guruh talabasi Ibrohimov No‘monjon Nozimjon o‘g‘li
2-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti, 4-bosqich, 3-guruh talabasi Utemuratova Asem Nazarbekovna
3-o‘rin – Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 2-bosqich, 7-guruh talabasi Karimova Dilorom Azim qizi
“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich 8-guruh talabasi Matkarimov Ulug‘bek Murodjon o‘g‘li
2-o‘rin – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 2-bosqich, 8-guruh talabasi Uraimova Xonzodabegim Mirzaaziz qizi
3-o‘rin – Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich, 6-guruh Ataboyev Javoxir Sarvar o‘g‘li g‘olib deb topildi.
Ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz va g‘olib bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz!
Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti