TIQXMMI yangiliklari

img
21.06.2024

Yetuklik diplomi qo‘lda

To‘rt yil muddat mobaynida o‘qib, bakalavriat bosqichini tugatish va yetuklik diplomini qo‘lga kiritish har bir yosh uchun orzu, havas va maqsad hamdir.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetimizda yetuklik diplomlarini topshirish tantanali tarzda davom etmoqda.

Bugun  "Energetika" fakultetidan jami 188 nafar talaba ana shunday quvonchni qarshiladi. Shundan 151 nafar shartnoma, 37 nafar grant asosida ta’lim olgan. O‘tgan yili faqat bitta imtiyozli diplom berilgan bo‘lsa, bu gal 5 nafar bitiruvchi qizil diplom egasi bo‘ldi.

Tantanali tadbir avvalida universitet rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich so‘zga chiqib bitiruvchilarni va ularning ota-onalarini samimiy tabrikladi. Har bir yosh kelajakda o‘z o‘rnini topishi va mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissasini qo‘sha olishida omadlar yor bo‘lishini tiladi.

So‘ngra rektor Bahodir Mirzayev va "Energetika" fakulteti dekani Abdusaid Isakovlar bitiruvchilarga diplomlarni gulduros qarsaklar sadosi ostida topshirishdi.

Ushbu nazmiy bitikdagi hayajonli tuyg‘ular har bir bitiruvchi qalbidan sizib chiqqan bo‘lsa ajab emas.

Bugun o‘zgacha ruh bog‘u rog‘imda

Bugun ma’no uqdim men sabog‘imda

Ramziylik  bor qizil bo‘yin bog‘imda

Unutilmas kunga aylanar shul dam

Yetuklik diplomim olgan chog‘imda.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI