"Yer yuzining sayqali"
Prezidentimizning yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridan yana biriga misol sifatida ichki turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq. Bu orqali tarixni va madaniyatimizni yanada keng targʻib qilish, insonlar ongiga singdirishni nazarda tutgan holda yoshlarni yurtimizning diqqatga sazovor joylariga safar qildirish ham ko‘ngildagidek bo‘layapti.
Kuni kecha “TIQXMMI” MTU talaba yoshlari qadim va navqiron shahar Samarqandga borishdi. Rektor tashabbusi bilan boshlangan ushbu harakatda yaqindan yordam bergan fakultet tyutor va yoshlar yetakchilarini oʻrni beqiyos albatta. Yil davomida yaxshi bahoga oʻqigan, eng faol yoshlarni ragʻbatlantirish, yanada koʻproq talabalarni jalb qilish va bir - biri bilan yaqindan aloqa qilish maqsadida “Bir jamoa bir saf” shiori ostida birlashishdi. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq deganlaridek tarixdagi bobokalonlarimiz qoldirgan osori atiqalar ular zakosi va qudratining mahsulidir.
Yoshlar hozirgi kunda qadim va yangi “Samarqand city”ni koʻrish orqali tarix va kelajak uygʻunligiga guvoh boʻlishdi. Talabalarimizni oʻziga boʻlgan ishonchi yanada oshdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Tadbirni tashkillashtirgan Universitet rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
GTQ fakulteti 401-guruh talabasi S.Sattarov axboroti
Universitet matbuot xizmati