TIQXMMI yangiliklari

img
25.03.2024

“Yer sharini asraylik” mavzusida davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 31-maydagi PQ-171 son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muxim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 4-bandida 2024 yilning 20-mart kuni respublikamizda “Yer kuni” nishonlanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu rejani amalga oirish uchun  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Yer sharini asraylik” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida xamkor ishlab chiqarish tashkiloti  O‘zdaverloyiha DILI ning yetakchi mutaxassislari, professor - o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida “Yer resurslarini boshqarish” va “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan yer sayyorasida ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari, tabiiy bioxilma - xilikning kamayib borishi va tuproq unumdorligining pasayish tendensiyasiga oid ma’lumotlar berildi.

Hamkor ishlab chiqarish tashkiloti “O‘zdaverloyiha” DILIning yetakchi mutaxassislari  Q.Hojiev va R.Sharopov  tomonidan ushbu global muammoni yechish bo‘yicha ishlanayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa ishlanmalar to‘g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.       

O‘tkazilgan davra suhbati ishchirokchilarda juda katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘tarilgan muammoning echimi bo‘yicha bahs – munozaralarga sabab bo‘ldi.

                                         Yer resurslarini boshqarish kafedrasi axboroti