Yaxshi kasb tanlash-kelajak poydevori
Joriy yilning 29-fevral kuni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Begmatov Ilxom, Xayitova Maxbuba va Allayarova Maxfuza Toshkent viloyati Nurafshon tumanida joylashgan 19 va 32-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi. “Yaxshi kasb tanlash-kelajak poydevori” mavzusida yuqori 11-sinf o‘quvchilari bilan suhbat va targ‘ibot ishlarini o‘tkazishdi. Bunda bitiruvchi o‘quvchilarga kelajakda o‘zlari qiziqadigan kasblar va unga erishish uchun to‘g‘ri yo‘l va oliy o‘quv yurtini tanlay olish haqida suhbat o‘tkazildi. Yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlay olishi muhum vazifa hisoblanadi.
O‘zlari tanlagan kasb bilan butun umir mobaynida shug‘ullanadi. Shu jumladan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti haqida malumot berildi. Bunda universitet tarkibidagi barcha fakultetlar, ular tarkibidagi kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari, fanlar majmuasi, qabul kvotalari, kirish ballari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, Axborot resurs markazi, kompyuter xonalari, laboratoriya xonalari, talabalar turar joylari va talabalar uchun yaratilgan barcha sharoitlar haqida toliq ma’lumotlar berildi. Bitiruvchi o‘quvchilarni universitetga o‘zlariga yoqqan yo‘nalishga o‘qishga hujjat topshirish uchun o‘z tavsiyalarimizni va o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.