Yaxshi dam mehnatga hamdam
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 107-guruh talabalari bilan 3 - talabalar turar joyida bir piyola choy ustida, dildan suhbat qilish maqsadida o‘choqda osh qildik. Bir dasturxon atrofida yig‘ilish talaba-yoshlarni do‘stlashib olishlariga, bir-birlarini yaqindan tanishlariga turtki bo‘ladi. Go‘sht chiroyli qilib bo‘laklarga ajratildi, sabzi va piyozlar to‘g‘raldi, guruch yuvildi.
Qizib turgan zig‘ir yog‘ga bumba tashlanib jizza qilib olindi. Qishni kuni jizzani piyoz bilan yesangiz dardingizga davo bo‘ladi. Ana endi hamma masalliqlar navbatma-navbat qozonga tashlandi. Ziravorlar bilan to‘yingan zirvakni hidi hamma joyga tarqaldi. Guruch ham solinib, osh ham damlandi. Osh pishgunga qadar talaba-yoshlar dasturxonni bezatishdi. Mazali va chiroyli osh ham tayyor bo‘ldi. Oshga marhamat ! Yoqimli ishtaha!
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati