Yaxshi dam mehnatga hamdam
Inson hayotda baland-baland marralarni egallashida nafaqat bilim olish, harakat balki, madaniy hordiq chiqarishni ham ahamiyati katta, albatta. Shu o’rinda joriy yilning 6-aprel kuni «TIQXMMI» MTU «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori Z.Tursunova va 213-guruh talabalari tashabbusi bilan Poytaxtimizning eng go’zal va tarovatli maskanlaridan biri Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i o’rnida barpo etilgan «Magic City» ko’ngilochar bog’iga tashrif buyurishdi. Bog’ning diqqatga sazovorligi shundaki milliy bog’ning bir qismi Hindistondagi Tojmahal, Parijdagi Eyfel minorasi, Nyu-Yorkdagi ozodlik haykali, Londondagi Big Ben va boshqalarni tanishtirgan robot Fanikkel tasvirlangan banner bilan o’ralganligidadir. Talabalar atrofdagi manzarani diqqat bilan kuzatib, bu kabi ko’ngilochar joylarga tez-tez kelib turish ruhiy ozuqa berishi mumkinligiga ishonch hosil qilishdi.
Universitet matbuot xizmati