TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2021

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Joriy yil 15- noyabrdan 24-noyabrga qadar davom etadigan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marofoni ishtirokchilarining har bir kuni mazmunli va maqsadli o’tishini inobatga olgan holda, Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan 16-noyabr kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida marafon ishtirokchilari ham faol ishtirok etishdi.

Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktori Olimjon To'ychiyev boshchiligida TIQXMMI talabalari Innovatsion o’quv va ishlab chiqarish texnoparki uchun ajratilgan bo’sh yer maydonlariga daraxt ko’chatlarini ekishdi. Kelgusida har bir nihol, albatta ko’kka bo’y cho’zib, o’z mevasini berganidek, marafon ishtirokchilarining startap loyihalari va original g’oyalari yurtimiz rivojiga hissa qo’shishi va o’z natijasini berishiga ishonamiz!

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy

tadqiqot ishlarini tashkil etish

 bo'limi axboroti